SEPSIS BILAN KASALLANGAN BOLALARDA KLINIK-LABORATOR VA ANTROPOMETRIK KO'RSATKICHLARNING ID MED AXBOROT TIZIMI YORDAMIDA TAHLILI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sepsis bilan kasallangan bolalarda klinik-laborator va antropometrik ko‘rsatkichlarning diagnostik va prognostik ahamiyati yoritilgan. Pediatrik sepsisning og‘ir kechishi bemor holatini doimiy va tizimli monitoring qilishni talab etadi. Shu nuqtayi nazardan, ID Med axborot tizimining klinik amaliyotdagi o‘rni, uning yordamida bemorlarning laborator, klinik va antropometrik ma’lumotlarini yagona platformada jamlash va dinamik tahlil qilish imkoniyatlari nazariy jihatdan ko‘rib chiqildi. Maqola adabiyotlar tahliliga asoslangan bo‘lib, real klinik tadqiqot o‘tkazilmagan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli sog‘liqni saqlash tizimlaridan foydalanish pediatriyada sepsisni boshqarish samaradorligini oshirish, davolash taktikasini optimallashtirish va individual yondashuvni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



