AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH ORQALI TURMUSH DARAJASINI YAXSHILASH MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada aholi daromadlarini oshirish orqali turmush darajasini yaxshilashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda aholi daromadlarining hududlar kesimidagi o‘zgarish dinamikasi, daromadlar differensiallashuvi hamda ularning turmush darajasiga ta’siri o‘rganilgan. O‘zbekiston sharoitida daromadlar o‘sishining asosiy omillari sifatida bandlikni ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya faolligini oshirish hamda inson kapitaliga yo‘naltirilgan siyosat muhimligi asoslab berilgan. Shuningdek, hududlararo iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash zarurligi ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.



