O'ZBEK PRAGMATIK DISKURSIDA MILLIY QADRIYATLARNING LISONIY KODLANISHI: ADRESATGA YO'NALTIRILGAN TA'SIR VA YASHIRIN MA'NO MODELLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada o‘zbek pragmatik diskursida milliy qadriyatlarning lisoniy kodlanishi, adresatga yo‘naltirilgan ta’sir va yashirin ma’no modellari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nutqida hurmat, andisha, xushmuomalalik, kattaga ehtirom, kichikka izzat, ijtimoiy masofa, samimiyat, murosa va kommunikativ ehtiyotkorlik kabi milliy qadriyatlarning pragmatik birliklar orqali qanday kodlanishini aniqlashdan iborat. Maqolada pragmatik birliklar bevosita axborot beruvchi vosita sifatida emas, balki milliy-madaniy mazmunni tashuvchi, adresat ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi va yashirin ma’noni kontekst orqali faollashtiruvchi lisoniy belgilar sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda tavsifiy, pragmalingvistik, kontekstual, semantik-pragmatik, diskursiv va lingvokulturologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, “aka”, “opa”, “ustoz”, “iltimos”, “marhamat”, “ruxsat bersangiz”, “ma’qul ko‘rsangiz”, “baraka toping”, “o‘zingiz bilasiz”, “mayli”, “xo‘p”, “yaxshi bo‘lardi” kabi birliklar o‘zbek diskursida milliy qadriyatlarni lisoniy kodlaydi, suhbatdoshga yo‘naltirilgan ta’sirni yumshatadi va ochiq aytilmagan ma’noni boshqaradi.



