XIZMAT KO'RSATUVCHI BO'LIMLAR XARAJATLARINI TAQSIMLASH
收藏资源简介:
Xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar xarajatlarini taqsimlash korxona ichki boshqaruv tizimida moliyaviy natijalarni aniqlash va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Mazkur jarayon yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlarda shakllangan xarajatlarni asosiy ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘linmalariga adolatli va iqtisodiy jihatdan asoslangan tartibda yuklashni nazarda tutadi. Tadqiqotda xarajatlarni taqsimlashning zamonaviy yondashuvlari, ularning hisob tizimidagi ahamiyati hamda amaliyotda qo‘llanilayotgan usullar tahlil qilinadi. Shuningdek, xarajatlarni noto‘g‘ri taqsimlash natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy xatoliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Mazkur mavzu korxona rentabelligini oshirish va boshqaruv qarorlarini asoslash nuqtayi nazaridan dolzarb hisoblanadi.



