遇见数据集

BOLALARDA YO'G'ON ICHAKNING FIKSATSIYA VA ROTATSIYA ANOMALIYALARINI TASHXISLASHDA ZAMONAVIY INSTRUMENTAL ALGORITMLARNING KLINIK AHAMIYATI

收藏
Zenodo2026-02-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Bolalarda yo‘g‘on ichakning fiksatsiya va rotatsiya anomaliyalari (YIFvRA)ni o‘z vaqtida aniqlash bolalar jarrohligi amaliyotida murakkab diagnostik muammolardan biri hisoblanadi [1,3]. Ushbu patologiya ko‘pincha nospetsifik klinik belgilar bilan kechib, funksional ich qotishi, dispeptik holatlar yoki ovqat hazm qilish tizimining yetilmaganligi bilan adashtiriladi [4,6]. Natijada bemorlarga uzoq vaqt davomida samarasiz konservativ davolash qo‘llanilib, tashxis kech qo‘yiladi [1,6]. YIFvRAning kech aniqlanishi ichak volvulusi, ichak tutilishi, ishemik o‘zgarishlar va peritonit kabi og‘ir asoratlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin [3,8,10]. Shu sababli YIFvRAni tashxislashda klinik baholash bilan bir qatorda zamonaviy instrumental tekshiruvlarga asoslangan aniq va ketma-ket diagnostik algoritm ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi [2,6]. So‘nggi yillarda tasvirlash texnologiyalarining rivojlanishi YIFvRAni aniqlash imkoniyatlarini kengaytirdi [2,6]. Biroq amaliyotda ushbu usullarning noto‘g‘ri ketma-ketlikda yoki yetarli darajada qo‘llanilmasligi tashxis aniqligini pasaytirib kelmoqda [5,6]. Shu bois instrumental yondashuvlarning klinik ahamiyatini tizimli tahlil qilish dolzarb hisoblanadi [7,8].

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务