KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI MOLIYALASHTIRISHDA XALQARO TAJRIBANI O'ZBEKISTON SHAROITIGA MOSLASHTIRISH YO'LLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik biznes subyektlarini moliyalashtirish tizimini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Osiyo taraqqiyot bankining hisobotlari hamda Germaniya, Janubiy Koreya va Turkiya tajribalari o‘rganilib, ularning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilishi zarurligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot davomida adabiyotlar tahlili, qiyosiy tahlil va empirik ma’lumotlarga asoslangan yondashuvlardan foydalanildi. Xorijiy tajribani milliy sharoitga qo‘llash natijasida kichik biznes uchun moliyaviy imkoniyatlar kengayishi, yangi moliyaviy instrumentlar joriy etilishi, tadbirkorlik muhitining yaxshilanishi va aholi bandligining oshishi mumkinligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqola kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.



