O'RTA YOSHLI AYOLLAR JISMONIY SALOMATLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SOG'LOM TURMUSH TARZIGA YO'NALTIRILGAN INNOVATSION YONDASHUVLAR
收藏资源简介:
Zamonaviy jamiyatda o‘rta yoshli ayollar jismoniy salomatligini saqlash va mustahkamlash masalasi ijtimoiy va ilmiy jihatdan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu yosh davri organizmda gormonal, fiziologik va funksional o‘zgarishlar bilan kechib, surunkali kasalliklar xavfining ortishi, jismoniy faollikning pasayishi hamda umumiy hayot sifati pasayishiga olib kelishi mumkin. Mazkur maqolada o‘rta yoshli ayollar jismoniy salomatligini rivojlantirishda sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan innovatsion yondashuvlarning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Jismoniy faollik, ratsional ovqatlanish, raqamli sog‘lomlashtirish texnologiyalari, psixofiziologik moslashuv hamda individual yondashuvning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion va kompleks yondashuvlar asosida tashkil etilgan sog‘lom turmush tarzi dasturlari o‘rta yoshli ayollarning jismoniy salomatligini barqaror rivojlantirish, funksional imkoniyatlarini kengaytirish va faol hayot davomiyligini oshirishga xizmat qiladi.



