MAHALLIY XOMASHYOLARDAN KIMYOVIY QAYTA ISHLASHGA YAROQLI SELLYULOZANI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI
收藏资源简介:
Mazkur tezisda mahalliy xomashyolar asosida kimyoviy qayta ishlash uchun yaroqli sellyulozani ajratib olish texnologiyasi, uning fizik-kimyoviy xossalari hamda ishlab chiqarish jarayonining samaradorligi tahlil qilingan. Respublikamizda mavjud paxta poyasi, g‘o‘za chiqindilari, bug‘doy somoni, qamish va yog‘och qoldiqlari kabi lignosellyulozali xomashyolardan sellyuloza olishning istiqbolli usullari o‘rganilgan. Sellyulozani ajratib olishda mexanik, kimyoviy va kombinatsiyalashgan texnologiyalarning afzalliklari hamda kamchiliklari tahlil etilgan. Oqartirish, gidroliz va delignifikatsiya jarayonlari natijasida olinadigan sellyulozaning sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan. Olingan natijalar mahalliy xomashyolardan yuqori sifatli sellyuloza ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.



