遇见数据集

RAQAMLI STOMATOLOGIYA (CAD/CAM) USULLARINING KLINIK AFZALLIKLARI: ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA, REJALASHTIRISH VA ORTOPEDIK DAVOLASHDAGI IMKONIYATLAR

收藏
Zenodo2026-07-30 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi stomatologiya amaliyotida diagnostika, davolashni rejalashtirish va ortopedik konstruksiyalar tayyorlash jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda. CAD/CAM (Computer-Aided Design/Computer-Aided Manufacturing) texnologiyalari raqamli stomatologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bemorning individual anatomik xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqori aniqlikdagi stomatologik konstruksiyalarni yaratish imkonini beradi. Mazkur maqolada CAD/CAM tizimlarining klinik afzalliklari, ularning ortopedik stomatologiya, implantologiya va estetik stomatologiyadagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Raqamli skanerlash, kompyuter yordamida loyihalash va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarining an’anaviy usullarga nisbatan afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, CAD/CAM texnologiyalari protez konstruksiyalarining aniqligini oshirish, klinik vaqtni qisqartirish, bemor komfortini yaxshilash va davolash natijalarining prognoz qilinishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu texnologiyalar zamonaviy stomatologiyada individual va minimal invaziv davolash konsepsiyasining rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务