DIDAKTIK O'YINLARNING 3–4 YOSHLI BOLALAR MANTIQIY TAFAKKURI RIVOJLANISHIDAGI O'RNI
收藏资源简介:
Maqolada 3–4 yoshli bolalarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda didaktik o‘yinlarning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muallif maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirishda o‘yin metodikasining ilmiy asoslarini yoritadi. K.D. Ushinskiy, Z. Dienes va M. Montessorining ta’limiy yondashuvlari, shuningdek, mahalliy olimalar tadqiqotlari asosida metodik takliflar ishlab chiqilgan. Tajriba natijalari bolalarda tafakkur, diqqat, mustaqil fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanishida didaktik o‘yinlarning sezilarli ta’sirini tasdiqlaydi. Jadval va diagrammalar orqali o‘yinlar yordamida erishilgan natijalar tahlil qilinadi. Xulosa va tavsiyalarda pedagogik amaliyotda didaktik o‘yinlardan foydalanishning metodik yondashuvlari, tarbiyachi va ota-onalarning roli yoritilgan. Maqola maktabgacha ta’lim tizimida mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga oid dolzarb ilmiy-amaliy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.



