遇见数据集

TANNARX HISOBIDA ABC (ACTIVITY BASED COSTING)

收藏
Zenodo2026-05-22 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada tannarx hisobini yuritishda zamonaviy boshqaruv yondashuvlaridan biri hisoblangan ABC — Activity Based Costing tizimining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. An’anaviy tannarx hisoblash usullarida bilvosita xarajatlarni mahsulotlarga taqsimlashdagi cheklovlar ishlab chiqarish samaradorligini baholashda ayrim noaniqliklarni yuzaga keltirishi asoslab berilgan. Shu nuqtai nazardan, maqolada faoliyat turlari asosida xarajatlarni aniqlash va ularni mahsulot, xizmat hamda jarayonlarga bog‘lash imkonini beruvchi ABC tizimining afzalliklari ochib beriladi. Tadqiqot davomida ishlab chiqarish korxonalarida xarajat markazlari va xarajat drayverlarini aniqlashning ahamiyati yoritilib, mazkur usul orqali tannarxni aniq hisoblash, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda boshqaruv qarorlarining sifatini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, ABC tizimini amaliyotga joriy etishda uchraydigan tashkiliy va axborot bilan bog‘liq muammolar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari korxonalarda strategik boshqaruv va xarajatlar nazoratini takomillashtirishda ABC tizimi muhim vosita bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-22
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务