SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI
收藏资源简介:
Sharq allomalarining pedagogik qarashlari, ularning ta’lim-tarbiya jarayoniga oid ilmiy-falsafiy g‘oyalari hamda yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashdagi o‘rni tahlil qilingan. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy va Imom al-Buxoriy kabi allomalarning ilm, axloq, odob hamda tarbiya haqidagi qarashlari yoritilgan. Pedagogik merosi bugungi zamonaviy ta’lim tizimi bilan uyg‘un holda o‘rganilib, yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Sharq pedagogik tafakkurining insonparvarlik, bilimdonlik va komillik tamoyillariga asoslangan jihatlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari milliy pedagogika rivojida Sharq allomalari merosidan samarali foydalanish muhim ekanligini ko‘rsatadi.



