ZAMONAVIY ARMIYA — MUSTAQILLIK RAMZI
收藏资源简介:
Mazkur tezisda zamonaviy armiyaning davlat mustaqilligi, suvereniteti va milliy xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. XXI asrda xavfsizlik muhitining o‘zgarishi, yangi turdagi tahdidlarning yuzaga kelishi, harbiy texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda raqamlashtirish jarayonlari qurolli kuchlarning mazmuni va vazifalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda zamonaviy armiyaning asosiy xususiyatlari, professional harbiy kadrlarning o‘rni, innovatsion texnologiyalardan foydalanish, harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasining ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida mudofaa salohiyatini rivojlantirishning ayrim ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida zamonaviy, professional va texnologik jihatdan rivojlangan armiya davlat mustaqilligining muhim ramzi va uning amaliy kafolatlaridan biri ekanligi asoslanadi.



