OʻSMIRLIK DAVRINING PSIXOLOGIK TAVSIFI
收藏资源简介:
Mazkur ishda o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan bo‘lib, ushbu bosqichda shaxs rivojida yuz beradigan muhim o‘zgarishlar tahlil etiladi. O‘smirlik davrida biologik yetilish bilan bir qatorda psixik jarayonlar, xususan, o‘z-o‘zini anglash, tafakkur, emotsional holat va ijtimoiy munosabatlar tizimi yangi bosqichga ko‘tarilishi asoslab berilgan. Shuningdek, o‘smirlarning motivatsion sohasi, axloqiy qarashlari, irodaviy sifatlari va kommunikativ xususiyatlarining shakllanish jarayoni yoritilgan. Mazkur davrda yuzaga keladigan ichki ziddiyatlar, ijtimoiy moslashuv muammolari hamda shaxsiy identifikatsiya jarayonining o‘ziga xos jihatlari ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari o‘smirlik davrining murakkab psixologik tabiatini tushunish hamda ularni to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.



