遇见数据集

MASOFAVIY ISH KONTEKSTIDA LIDERLIK AMALIYOTLARI VA TASHKILIY MADANIYATNI BARQAROR SAQLASH MUAMMOLARI

收藏
Zenodo2026-01-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

So‘nggi yillarda global pandemiya va raqamli transformatsiya tufayli masofaviy ish amaliyoti jahon bo‘ylab keng tarqaldi. Shu sharoitda rahbarlarning yetakchilik uslublari va tashkiliy madaniyatni saqlash masalalari yangi strategik ahamiyat kasb etdi. Tadqiqotda masofaviy ish kontekstida liderlik amaliyotlari xodimlarning motivatsiyasi, samaradorligi va tashkilotga sadoqati bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Empirik va nazariy manbalar ko‘rsatadiki, masofaviy ish sharoitida transformatsion va situatsion liderlik uslublari xodimlarning mas’uliyat hissini oshiradi, ularni innovatsion faoliyatga rag‘batlantiradi hamda tashkiliy qadriyatlarni mustahkamlaydi. Shu bilan birga, samarali kommunikatsiya, virtual jamoa boshqaruvi va texnologik vositalardan foydalanish tashkiliy madaniyatni barqaror saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, masofaviy ish sharoitida liderlikning samaradorligi HR strategiyasi bilan uyg‘unlashganda tashkilotlar uzoq muddatli barqarorlik va raqobatbardoshlikka erishadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务