遇见数据集

TASHQI BOSIM TA'SIRIDA INAS/INP KVANT O'RALARINING ENERGETIK SATHLARI VA ULARNING OPTIK XUSUSIYATLARINI NAZARIY TADQIQ ETISH

收藏
Zenodo2026-10-30 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada tashqi gidrostatik bosim ta’sirida InAs/InP yarimo‘tkazgich geterotuzilmalaridagi kvant o‘ralarining energetik spektri va optik xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Kvant o‘ralarida elektron va kovaklarning fazoviy chegaralanishi, energetik sathlarning kvantlashuvi, taqiqlangan zona kengligining bosimga bog‘liqligi hamda optik o‘tish energiyalarining o‘zgarish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning nazariy asosini effektiv massa yaqinlashuvi, bir o‘lchamli Shredinger tenglamasi, deformatsion potensial nazariyasi va kvant-mexanik optik o‘tishlar modeli tashkil etadi. Tashqi bosimning yarimo‘tkazgich kristall panjarasi parametrlariga, elektronlarning effektiv massasiga, potensial to‘siqlar balandligiga va elektron-kovak holatlarining energetik joylashuviga ta’siri tahlil qilinadi. Nazariy tahlil InAs/InP kvant o‘ralarining optik javobini boshqarishda bosim muhim tashqi parametr bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Olingan nazariy xulosalar infraqizil optoelektronika, yarimo‘tkazgich lazerlari va bosimga sezgir optik qurilmalarni loyihalashda ahamiyat kasb etishi mumkin.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务