遇见数据集

QUYOSH VA SHAMOL ENERGIYASI ASOSIDAGI GIBRID ENERGIYA TA'MINOTI TIZIMLARINING MATEMATIK MODELI VA SAMARADORLIK TAHLILI

收藏
Zenodo2026-06-05 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada quyosh fotovoltaik paneli va shamol turbinasini birlashtirgan avtonom gibrid energiya ta'minoti tizimining kompleks matematik modeli ishlab chiqilgan. Tizimning energiya balansi, MPPT (Maximum Power Point Tracking) nazorat algoritmi, Li-ion akkumulyator batareyasining zaryadlanish-razryadlanish dinamikasi va invertor samaradorligi birgalikda modellashtirilgan. Qashqadaryo viloyatining 2019–2023-yillar meteorologik ma'lumotlari asosida MATLAB/Simulink R2023b muhitida o'tkazilgan yillik simulyatsiya natijalari tahlil etilgan. Qiyosiy baholash shuni ko'rsatdiki, gibrid tizim iste'molchi yukini 96,8% darajada qondiradi; bu ko'rsatkich faqat PV va faqat shamol tizimiga nisbatan mos ravishda 24,8 va 42,8 foizga yuqori. Energiya tannarxi 350 so'm/kWh bo'lib, kapital xarajatlarni qoplash muddati 7,8 yilni tashkil etadi. CO2 emissiyasi yiliga 6,5 tonnaga kamaytirilishi aniqlandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务