遇见数据集

BIZNES FAOLIYAT DAVOMIYLIGINI MOLIYALASHTIRISH ZARURIYATI

收藏
Zenodo2026-02-04 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tadqiqotda biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy mohiyati, uning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni hamda rivojlanish omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Ishda mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatiga oid qarashlari tizimlashtirilib, ushbu tushunchalarning o‘xshash va farqli jihatlari ochib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari asosida tadbirkorlik faoliyatiga berilgan ta’riflar tahlil qilinib, mualliflik ta’rifi taklif etilgan. Tadqiqotda biznes subektlarining iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari yaratish, raqobat muhitini shakllantirish, innovatsiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirishdagi roli asoslab berilgan. Biznes faoliyatining moslashuvchanlik xususiyati, uning yirik korxonalar bilan o‘zaro aloqasi hamda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy xulosalar orqali yoritilgan. Tadqiqot natijalari biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务