ОСОБЕННОСТИ МАКРО И МИКРОЭЛЕМЕНТНОГО СОСТАВА СИСТЕМЫ «МАТЬ-ПЛАЦЕНТА-ПЛОД» ПРИ ХРОНИЧЕСКОЙ АНЕМИИ
收藏资源简介:
Kirish. Temir tanqisligi anemiyasi (TTA) ayollar reproduktiv salomatligiga, ayniqsa homiladorlik davrida, sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi patologiyalar qatorida muhim o‘rin egallaydi. Inson organizmidagi makro va mikroelement muvozanatining buzilishi ko‘plab kasalliklar etiologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. “Elementozlar” atamasi ushbu moddalarning yetishmovchiligi, ortiqligi yoki disbalansi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kasallik va simptomlarni qamrab oladi. Maqsad. Homilador ayollarda turli darajadagi temir tanqisligi anemiyasi (TTA) sharoitida plasenta va kindik ichakchasining makro va mikroelement tarkibi xususiyatlarini baholash. Materiallar va metodlar. Tadqiqot 400 nafar homilador ayol ishtirokida prospektiv tarzda o‘tkazildi. Asosiy guruhga 300 nafar ko‘p hayz qon ketishlari tarixi va laboratoriya yo‘li bilan tasdiqlangan TTA (Hb <110 g/l, ferritin <30 ng/ml) bo‘lgan bemorlar kiritildi. Nazorat guruhi 100 nafar shartli sog‘lom homilador ayollardan iborat bo‘ldi. Plasenta va kindik ichakchasi eritrotsitlarining makro- va mikroelement tarkibi energodispersiv rentgen mikroanalizi (EDS) usuli yordamida o‘rganildi. Quyidagi elementlar aniqlanib baholandi: C, O, N, Na, Mg, P, S, K, Ca, Si, Cl, Fe, Al. Natijalar. TTA bo‘lgan bemorlarda kindik arteriyalari va venalari eritrotsitlarida, shuningdek xorion tuksalari tomirlarida hamda plasentaning intervorsiyal makonida kislorod miqdorining sezilarli kamayishi aniqlandi. Xulosa. Homilador ayollarda kuzatilgan anemiya fetoplasentar kompleksda yaqqol morfologik va biokimyoviy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Plasenta va kindik ichakchasi element tarkibidagi o‘zgarishlar makro va mikroelement disbalansini aks ettirib, plasentar yetishmovchilik hamda homilaning gipoksik-ishemik shikastlanishlari uchun morfologik asos yaratadi. Kalit so‘zlar: homiladorlik, temir tanqisligi anemiyasi, plasenta, kindik ichakchasi, mikroelementlar, morfologiya.



