遇见数据集

DAVLAT TILI VA BOSHQA TILLAR O'RTASIDAGI MUVOZANAT

收藏
Zenodo2026-04-26 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ishda davlat tili va boshqa tillar o‘rtasidagi muvozanat masalasi ijtimoiy-lingvistik, siyosiy, madaniy va ta’limiy jihatdan tahlil qilinadi. Globallashuv jarayonida tillar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir kuchayib, milliy tillarning saqlanishi va rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘p tillilik zamonaviy jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, u shaxsning intellektual rivojlanishi, fikrlash doirasining kengayishi hamda xalqaro muloqot imkoniyatlarini oshiradi. O‘zbekiston misolida davlat tili davlat boshqaruvi, ta’lim, ilm-fan va ommaviy axborot vositalarida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. U jamiyatni birlashtiradi, milliy o‘zlikni shakllantiradi hamda madaniy merosni saqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, rus va ingliz tillari ham keng qo‘llanilib, xalqaro aloqa va ilmiy-texnik sohalarda muhim rol o‘ynaydi. Xorijiy tillarning rivojlanishi ijobiy bo‘lsa-da, ularning haddan tashqari ustunligi davlat tilining mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli til siyosati muvozanatni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi zarur. Ta’lim tizimida davlat tilini mustahkamlash va xorijiy tillarni o‘qitishni uyg‘unlashtirish muhimdir. Ommaviy axborot vositalarida davlat tilidagi kontentni ko‘paytirish va lingvistik nazoratni kuchaytirish talab etiladi. Globallashuv jarayoni til identitetiga ta’sir ko‘rsatib, milliy tillarni himoya qilish zaruratini yuzaga keltiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlat tili va boshqa tillar o‘rtasidagi muvozanat ijtimoiy barqarorlik va madaniy rivojlanish uchun muhim omildir.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务