遇见数据集

SUN'IY INTELLEKTNING XITOY TILINI O'RGANISHDAGI O'RNI

收藏
Zenodo2026-09-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining xitoy tilini o‘rganish va o‘qitish jarayonidagi o‘rni, imkoniyatlari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli ta’lim sharoitida sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalardan foydalanish til o‘rganuvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish, o‘quv jarayonini moslashtirish va til ko‘nikmalarini samarali rivojlantirish imkonini bermoqda. Tadqiqotning dolzarbligi xitoy tilining xalqaro kommunikatsiya, ta’lim, iqtisodiyot va biznes sohalaridagi ahamiyati ortib borayotgani hamda ushbu tilni o‘rganishda innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi bilan belgilanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi sun’iy intellekt vositalarining xitoy tilini o‘rganishdagi imkoniyatlarini aniqlash, ularning lug‘at boyligini kengaytirish, grammatik bilimlarni mustahkamlash, talaffuz, tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi rolini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt asosidagi vositalar, jumladan, ChatGPT, mashinaviy tarjima tizimlari va adaptiv ta’lim platformalari xitoy tilini o‘rganish jarayonini individuallashtirish va interaktivligini oshirishda muhim vosita bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务