BOSHLANG'HICH SINF O'QUVCHILARIDA RAQAMLI MASHQLAR YORDAMIDA QO'SHISH VA AYIRISH AMALIY KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH.
收藏资源简介:
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qo‘shish va ayirishni o‘rgatishda raqamli mashqlardan foydalanish haqida so‘z boradi. Biz o‘quvchilarga sonlarni qo'shish va ayirishni o'rgatayotganimizda zamonaviy raqamli platformalar va interaktiv dasturlar orqali tushuntirsak, o'quvchilarning tez va to‘g‘ri hisoblashiga, shuningdek, mantiqiy fikrlashining rivojlanishiga yordam berishi tushuntiriladi. Tadqiqot davomida interaktiv topshiriqlar, moslashuvchan (adaptiv) raqamli mashqlar va o‘yin elementlaridan foydalanib, ularning o‘quvchilarning bilim olish darajasiga qanday ta’sir qilishi ko'rsatiladi. Natijalar asosida raqamli mashqlardan to‘g‘ri va muntazam foydalanish bilan bolalarning qo‘shish va ayirishni yaxshiroq tushunishiga, tez va xatosiz hisoblashni o‘rganishiga shuningdek, matematika faniga qiziqishi oshishiga yordam berishi haqida aytiladi.



