遇见数据集

SUN'IY INTELLEKT TIZIMLARIDA GOMEOSTATIK TAMOYILLARNI QO'LLASH ADAPTIV BOSHQARUV VA O'ZINI SOZLASH MODELLARINI ISHLAB CHIQISH

收藏
Zenodo2025-12-03 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada sun'iy intellekt tizimlarida biologik gomeostatik tamoyillarni qo'llash orqali adaptiv boshqaruv va o'zini sozlash modellarini ishlab chiqishning nazariy asoslari va amaliy tatbiqlari o'rganilgan. Gomeostatik printsip - bu tizimning ichki muhitini barqaror holatda saqlash qobiliyati bo'lib, bu biologik organizmlarning o'zgaruvchan tashqi sharoitlarga moslashish mexanizmlarining asosini tashkil etadi. Sun'iy intellekt tizimlarida bu printsipni qo'llash orqali dinamik va noaniq muhitlarda barqaror ishlash qobiliyatiga ega bo'lgan aqlli tizimlarni yaratish imkoniyati mayjud. Tadqiqotda gomeostatik tamoyillarga asoslangan bir qator sun'iy intellekt arxitekturalari, jumladan, gomeostatik neyron tarmoqlari, gomeostatik qattiq mexanizmli o'rganish va gomeostatik o'zini sozlash algoritmlari tahlii qilingan. Ushbu modellar murakkab va o'zgaruvchan muhitlarda barqarorlikni ta'minlash bilan birga yuqori darajadagi moslashuvchanlikni namoyish etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, gomeostatik printsipga asoslangan sun'iy intellekt tizimlari an'anaviy tizimlarga nisbatan o'zgaruvchan sharoitlarda 30-45% yuqori barqarorlik va 25-40% ko'proq moslashuvchanlik ko'rsatkichlariga ega. Ushbu yondashuvning robototexnika, avtonom tizimlar, Internet of Things (IoT) va aqlli infratuzilmalar kabi sohalarda keng qo'llanilishi mumkin. Maqolada gomeostatik sun'iy intellekt tizimlarining loyihalash printsip va metodlari, ularning cheklovlari va kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlari ham muhokama qilinadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-12-03
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务