遇见数据集

XIVA VA QO'QON XONLIKLARIDA VAKF MULKLARI VA ULARNING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI O'RNI

收藏
Zenodo2026-08-02 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqot Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi vakf mulklarining davlat boshqaruvidagi o‘rni va ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Kirish qismida vaqf institutining islom sivilizatsiyasidagi ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalari, shuningdek, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ushbu tizimning shakllanish tarixi va boshqaruv xususiyatlari qisqacha bayon etilgan. Adabiyotlar tahlilida arxiv hujjatlari, mahalliy tarixnavislar asarlari va zamonaviy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari tanqidiy o‘rganilib, har ikkala xonlikda vaqf mulklari bo‘yicha boshqaruv tizimining o‘xshash va farqli tomonlari aniqlangan. Tahlil davomida Xivada mutavalli boshchiligidagi tizim, Qo‘qonda esa devonxona orqali markazlashgan boshqaruv shakli mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vaqf mulklari nafaqat diniy-ma’rifiy muassasalarni moliyalashtirish, balki davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish mexanizmi sifatida xizmat qilgan. Xususan, XIX asrning ikkinchi yarmida naqd pul vaqflarining keng tarqalishi, ayollarning vaqf munosabatlaridagi faol ishtiroki muhim jihatlar sifatida ajralib turadi. Muhokama qismida olingan natijalar davlat va diniy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlik, boshqaruv tizimidagi tarkibiy farqlar, shuningdek, XX asr boshlarida vaqf mulklarini markaziy nazoratga olishga urinishlar kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqot davlat boshqaruvi va iqtisodiyot tarixini o‘rganishda vaqf institutining strategik ahamiyatini ochib beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务