XALAQARO INSTITUTLAR VA GLOBAL IQTISODIY INTEGRATSIYA
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy tadqiqotda jahon iqtisodiy tizimining institutsional poydevorini tashkil etuvchi asosiy xalqaro iqtisodiy tashkilotlar — Jahon savdo tashkiloti (JST), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XIM), Jahon banki guruhi va Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) faoliyatining mohiyati, funksional tuzilmasi, ularning global iqtisodiyotdagi roli, shuningdek, O‘zbekistonning bu tashkilotlar bilan integratsion hamkorlik yo‘nalishlari keng ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo‘jaligidagi strategik o‘rni, ularning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi roli, xalqaro savdo, investitsiya va energiya bozorlariga ta’sir mexanizmlarini chuqur ilmiy asosda o‘rganishdir. Ish davomida tarixiy va zamonaviy yondashuvlar uyg‘unlashtirilib, JSTning erkin savdo tamoyillari, XIMning makroiqtisodiy barqarorlikni saqlashdagi ahamiyati, Jahon bankining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishiga ta’siri hamda OPEKning neft narxlari siyosatidagi roli ko‘rsatib o‘tilgan.



