遇见数据集

RATSIONAL-EMOTIV TERAPIYA ELEMENTLARIDAN TRENINGLARDA FOYDALANISH

收藏
Zenodo2026-02-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ratsional-emotiv terapiya (RET) yondashuvining trening jarayonlarida qo‘llanilish imkoniyatlari va samaradorligi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Ratsional-emotiv terapiya shaxsning emotsional holatlari va xulq-atvoridagi disfunksional e’tiqodlarni aniqlash hamda ularni ratsional fikrlar bilan almashtirishga qaratilgan psixoterapevtik yondashuv sifatida treninglar tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada RETning asosiy tushunchalari, xususan, A–B–C modeli, irratsional e’tiqodlar va kognitiv qayta tuzish jarayonining trening mashg‘ulotlariga integratsiyalashuvi yoritib berilgan. Shuningdek, treninglarda RET elementlaridan foydalanishning psixologik ta’sir mexanizmlari, ishtirokchilarning emotsional barqarorligini oshirish va stressga chidamliligini rivojlantirishdagi roli ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari ratsional-emotiv terapiya elementlari asosida tashkil etilgan treninglar shaxsning o‘z-o‘zini anglash darajasini oshirish, konstruktiv fikrlashni shakllantirish hamda psixologik muammolarni hal etishda samarali vosita ekanligini tasdiqlaydi. Maqola xulosalari amaliy psixologlar, trenerlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun metodik ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务