RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR IQTISODIYOTGA TA'SIRI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Maqola raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilish va ularning rivojlanish istiqbollarini baholashga bag‘ishlangan. Zamonaviy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar - sun’iy intellekt, blokcheyn, bulutli hisoblash, katta ma’lumotlar (Big Data) va avtomatlashtirilgan tizimlar - ishlab chiqarish, moliya, xizmat ko‘rsatish va davlat boshqaruvi sohalarida samaradorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda statistika va iqtisodiy indikatorlar asosida raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida ish unumdorligi, resurslarni tejash va yangi innovatsion ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha aniq natijalar tahlil qilindi. Shuningdek, maqolada raqamli transformatsiyaning iqtisodiyotga ta’sirini oshirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va sun’iy intellekt asosidagi tizimlarni kengaytirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari global va mahalliy iqtisodiy rivojlanish tajribasi bilan solishtirilgan va kelajakdagi siyosat va strategiyalarni shakllantirish uchun ilmiy asos sifatida xizmat qilishi mumkin.



