KOXLEAR IMPLANTLI BOLALARNING OG'ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDAGI AHAMIYATI
收藏DataCite Commons2026-05-06 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20046512
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada koxlear implantli bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari va pedagogik yondashuvlari tahlil qilinadi. Koxlear implantatsiya orqali eshitish qobiliyati qisman tiklangan bolalarda nutqni shakllantirish jarayoni murakkab va ko‘p bosqichli bo‘lib, maxsus logopedik va surdopedagogik yondashuvlarni talab etadi. Tadqiqotda eshitish idrokini rivojlantirish, fonematik eshituvni shakllantirish, artikulyatsion apparat faoliyatini takomillashtirish hamda og‘zaki nutqni kommunikativ faoliyatga yo‘naltirishga qaratilgan metodlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, multimodal yondashuv asosida eshitish, ko‘rish va kinestetik analizatorlar orqali ta’lim berishning samaradorligi asoslab beriladi. Maqolada individual yondashuvga asoslangan kompleks pedagogik model taklif etilib, unda raqamli texnologiyalar, interaktiv dasturlar va logopedik mashg‘ulotlarning integratsiyasi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari koxlear implantli bolalarda og‘zaki nutqni samarali rivojlantirish, ularning ijtimoiylashuvi va kommunikativ kompetensiyasini oshirish imkonini beradi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-06



