QASAMLAR BILAN BOG'LIQ MAROSIMLAR, URF-ODATLAR VA IJTIMOIY KONTEKST
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek xalqining qasam bilan bog‘liq nutqiy, marosimiy va ijtimoiy amaliyotlari folklorshunoslik, etnologiya hamda lingvokulturologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Qasam shaxsning o‘z so‘zi, va’dasi yoki bayonotini qat’iy tasdiqlashiga xizmat qiluvchi nutqiy akt hamda ramziy-kommunikativ hodisa sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda qasamning oilaviy munosabatlar, qarindoshlik aloqalari, mahalla muhiti, diniy tasavvurlar, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy ishonch bilan aloqador jihatlari yoritiladi. Qasamning oddiy va’dadan farqli xususiyatlari, uning nutqiy shakli, axloqiy mazmuni va ijtimoiy funksiyasi o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, qasamning turli hududlarda bir xil shaklda namoyon bo‘lmasligi, uning mazmuni va marosimiy darajasi tarixiy, hududiy, diniy hamda kommunikativ omillar bilan bog‘liqligi asoslanadi. Maqolada qasamga oid materiallarni o‘rganishda og‘zaki nutq namunalari, folklor matnlari, etnografik kuzatuvlar, lug‘aviy manbalar va tarixiy-etnografik tadqiqotlarni kompleks tahlil qilish zarurligi ta’kidlanadi.



