遇见数据集

ALISHER NAVOIYNING "ARBAIN" ASARIDA HADIS MAZMUNINING BADIIY TALQINI: AXLOQIY-MA'RIFIY G'OYALAR VA POETIK IFODA

收藏
Zenodo2026-09-29 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Arba’in” (“Qirq hadis”) asarida hadis mazmunining badiiy talqin qilinishi, unda ilgari surilgan axloqiy-ma’rifiy g‘oyalar hamda ushbu g‘oyalarning poetik ifoda vositalari tadqiq etiladi. “Arba’in” 1481-yilda yaratilgan bo‘lib, Abdurahmon Jomiyning forsiy “Arba’in” asari bilan bevosita ijodiy aloqadorlikda yuzaga kelgan. Navoiy asarning muqaddimasida turkiyzabon kitobxonlarni hadislar ma’naviy mazmunidan bahramand etish maqsadini ta’kidlaydi. Tadqiqotda matnshunoslik, tarixiy-adabiy, qiyosiy-tipologik, semantik va badiiy-poetik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijasida “Arba’in”dagi hadislar shunchaki tarjima qilinmagan, balki ularning axloqiy mohiyati turkiy she’riyatning obrazlilik, tashbeh, tazod, takror, savol-javob, hikmat va xulosaviy ifoda imkoniyatlari orqali qayta badiiylashtirilgani aniqlandi. Asarda komil inson, ilm-ma’rifat, saxovat, sabr, mehr-oqibat, adolat, insonparvarlik va yaxshi xulq kabi qadriyatlar markaziy o‘rin egallaydi. Navoiy hadisni diniy manba sifatida emas, balki insonni ma’naviy kamolotga yetaklovchi badiiy-axloqiy dastur sifatida talqin qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务