RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BREND ISHONCHINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida brend ishonchini boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida korxonalar va iste'molchilar o'rtasidagi munosabatlar yangi shaklga o'tayotgani, bunda brendga bo'lgan ishonch kompaniyaning raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillardan biriga aylanayotgani yoritilgan. Tadqiqotda brend ishonchini shakllantirishga ta'sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, raqamli kommunikatsiya, mijozlar tajribasi, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn sharhlar, CRM tizimlari, sun'iy intellekt texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli muhitda brend obro'sini samarali boshqarish uchun korxonalar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan asosiy yo'nalishlar ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, zamonaviy sharoitda brend ishonchini shakllantirish faqat marketing faoliyati bilan cheklanmay, balki korxonaning umumiy strategik boshqaruv tizimining muhim qismiga aylanishi zarur.



