遇见数据集

MA'RIFATPARVAR VA JADID SHOIRLARI IJODIDA XALQ BAYRAMLARINING QO'LLANISH TASNIFI

收藏
Zenodo2026-09-24 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi ma’rifatparvarlik va jadid adabiyoti namoyandalari ijodida xalq bayramlari, diniy ayyomlar, mavsumiy marosimlar va ular bilan bog‘liq xalqona tasavvurlarning badiiy qo‘llanish xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy obyekti o‘zbek ma’rifatparvar va jadid shoirlari ijodida bayram konseptining mazmuniy, ijtimoiy, axloqiy va milliy-estetik vazifalaridir. Xususan, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Ramazon” asari, Furqat she’riyatidagi bahor va hayot shodliklari tasviri, Tavallo ijodidagi islomiy-ma’rifiy ruh hamda jadid adabiyotining umumiy milliy uyg‘onish konsepsiyasi o‘zaro qiyosiy tahlil qilinadi [1; 2; 3]. Tadqiqot natijasida xalq bayramlari jadid she’riyatida faqat ko‘ngilochar yoki marosimiy hodisa sifatida emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy birligi, axloqiy tarbiyasi va milliy o‘zligini ifodalovchi badiiy vosita sifatida qo‘llangani aniqlandi. Bayram obrazlari orqali shoirlar jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, jaholat, qashshoqlik va ma’naviy sustlikni ham ko‘rsatganlar. Ayniqsa, Ramazon va hayit bilan bog‘liq obrazlarda saxovat, poklanish, mehr-oqibat, shukr va jamoaviy birdamlik g‘oyalari ustuvorlik qiladi. Navro‘zga aloqador bahor, yangilanish va tabiat uyg‘onishi motivlari esa milliy uyg‘onishning ramziy ifodasiga yaqinlashadi [4; 5].

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务