SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA ANALITIK FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH
收藏资源简介:
Maqola shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda analitik fikrlashni shakllantirish masalalarini o‘rganadi. Zamonaviy pedagogik jarayonda analitik fikrlash nafaqat ma’lumotni tahlil qilish va mantiqiy qarorlar qabul qilish, balki o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish uchun ham muhim ko‘nikma hisoblanadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv individual qobiliyat va ehtiyojlarni inobatga olgan holda metodikalarni tanlashga imkon beradi, bu esa o‘qituvchilarning fikrlash madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi. Maqolada pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va muammoli vaziyatlar orqali analitik fikrlashni shakllantirish strategiyalari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, o‘quv jarayonida kritik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlarning samaradorligi ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak pedagoglarni zamonaviy ta’lim jarayonida mustaqil va tizimli fikrlashga tayyorlash muhimligini ko‘rsatadi.



