TA'LIM TIZIMIGA YO'NALTIRILGAN INVESTITSIYALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada ta’lim tizimiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish hamda ta’lim sifatining milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan.Tadqiqotda ta’lim investitsiyalarining inson kapitalini shakllantirishdagi o‘rni, davlat budjeti mablag‘larining iqtisodiy samaradorligi, ta’lim xarajatlari va natijadorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek, moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 2018–2025-yillardagi dinamikasi tahlil qilinib, mazkur xarajatlarning nominal o‘sish tendensiyalari aniqlangan.Tadqiqot natijasida ta’lim investitsiyalarini baholashda faqat moliyaviy xarajatlarni emas, balki ta’lim sifati, inson kapitalining rivojlanishi, resurslardan foydalanish darajasi va uzoq muddatli iqtisodiy natijalarni ham hisobga olish zarurligi asoslangan.



