О'g'il bоlа tаrbiyаsi vа оilаviy munоsаbаtlаrni rivоjlаnish tеndеnsiyаlаri
收藏资源简介:
Ushbu maqolada bugungi kunda o‘g‘il bola tarbiyasi va oilaviy munosabatlarni rivojlantirish tendensiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari tahlil qilinadi. Jamiyat taraqqiyoti, globallashuv jarayonlari hamda zamonaviy ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida o‘g‘il bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada oilada sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni yaratish, ota-onaning tarbiyadagi mas’uliyati, erkaklik fazilatlarini shakllantirishda oilaning o‘rni hamda qadriyatlarga asoslangan yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, o‘g‘il bola tarbiyasida milliy an’analar, ijtimoiy muhit va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish zarurligi asoslab beriladi. O‘g‘il bola tarbiyasi va oilaviy munosabatlarni rivojlantirishda qadriyatli yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati kundan-kunga ortib borayotgani ilmiy jihatdan tahlil etiladi.



