STAMIKARBON TEXNOLOGIYASI ASOSIDAGI AK80 KARBAMID ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA TAYYOR MAHSULOTDAGI BIURET MIQDORINI 0,8 % GACHA KAMAYTIRISH USULLARINI TADQIQ ETISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Stamicarbon texnologiyasi asosidagi AK‑80 karbamid ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotdagi biuret miqdorini 0,8 % gacha kamaytirish usullari tadqiq etilgan. Ishlab chiqarish jarayonining asosiy bosqichlarida biuret hosil bo‘lish mexanizmi tahlil qilingan, texnologik parametrlarning mahsulot sifati va biuret tarkibiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari haroratni nazorat qilish, bug‘latish vaqtini optimallashtirish, mahsulotni tez sovutish, kristallanish jarayonini boshqarish va kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanish orqali biuret miqdorini minimallashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Natijalar AK‑80 tipidagi karbamid ishlab chiqarish liniyalarini optimallashtirish va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda amaliy ahamiyatga ega.



