Soliq xizmati organlarida korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olish mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba tahlili
收藏资源简介:
Ushbu maqolada soliq xizmati organlari faoliyatida korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Muallif soliq ma’murchiligida korrupsion xavf-xatarlarni minimallashtirishda milliy qonunchilikdagi so‘nggi islohotlar, xususan, sohani raqamlashtirish va “anti-korrupsion komplayens” tizimining samaradorligini tahlil qilgan. Shuningdek, maqolada Singapur, Janubiy Koreya va Estoniya kabi davlatlarning soliq tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalari qiyosiy o‘rganilib, ularning ijobiy jihatlarini O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari soliq xizmati xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va tizimda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan.



