IMOM G'AZZOLIY QARASHLARIDA BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING MAZMUNI VA PEDAGOGIK TALQINI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Imom Gʻazzoliyning barkamol avlod tarbiyasiga oid qarashlari chuqur ilmiy va falsafiy-pedagogik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqotda allomaning inson kamoloti haqidagi qarashlari yaxlit tizim sifatida talqin etilib, unda axloqiy poklanish, ma’naviy yetuklik va aqliy taraqqiyot o‘zaro uyg‘un jarayon sifatida asoslab beriladi. Gʻazzoliy ta’limotida tarbiyaning asosiy maqsadi nafsni poklash, qalbni sayqallash hamda ilm orqali komillikka erishishdan iborat ekani ilmiy dalillar asosida ochib beriladi. Maqolada barkamol shaxsni shakllantirishda oila, ustoz va jamiyatning o‘rni o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinib, tarbiya jarayonining uzluksizligi, izchilligi va maqsadga yo‘naltirilganligi pedagogik jihatdan asoslanadi. Shuningdek, Gʻazzoliy qarashlarining zamonaviy pedagogik konsepsiyalar bilan uyg‘unligi va dolzarbligi komparativ tahlil orqali yoritiladi. Tadqiqot natijasida allomaning boy ilmiy-merosiy qarashlari bugungi kunda barkamol, ma’naviy yetuk va ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashda muhim nazariy va metodologik manba bo‘lib xizmat qilishi xulosa qilinadi.



