遇见数据集

TAJRIVAVIY METABOLIK SINDROM FONIDA SON SUYAGI DIAFIZAR YOPIQ SINISHI SHAROITIDA OSTEOGENEZGA XOS XISUSIYATLAR

收藏
Zenodo2026-06-10 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada metabolik sindrom (MS) fonida son suyagi diafizar yopiq sinishlarining regeneratsiya jarayonlari va osteogenezning o‘ziga xos xususiyatlari eksperimental modelda o‘rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida yuqori uglevodli va yuqori yog‘li parhez yordamida metabolik sindrom rivojlantirilgan laboratoriya kalamushlari olingan. Tajriba guruhidagi hayvonlarda son suyagi diafiz qismining yopiq sinishi modellashtirilgandan so‘ng, suyak kallusi (qadog‘i) shakllanishining gistologik, bioximik va densitometrik ko‘rsatkichlari dinamikada tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, metabolik sindrom mavjud bo‘lganda tizimli surunkali past darajali yallig‘lanish, insulinrezistentlik va mikrosirkulyatsiya buzilishi oqibatida osteoblastlar proliferatsiyasi sekinlashadi, kollagen sintezi pasayadi va mineralizatsiya jarayoni kechikadi. Nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhida reparativ osteogenez davri uzayishi va suyak qadog‘ining zichligi pastligi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar metabolik sindromli bemorlarda sinishlarni davolash va asoratlarning oldini olish taktikasini ishlab chiqishda muhim klinik-eksperimental asos bo‘lib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务