TARBIYA FANINI O'QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tarbiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga ta’siri hamda interfaol metodlar orqali ta’lim samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tarbiya fanini o‘qitish samaradorligini tahlil qilishdan iborat. Ishda nazariy tahlil, kuzatish va taqqoslash metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar o‘quvchilarning faolligini oshiradi, mustaqil fikrlashini rivojlantiradi hamda tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan tarbiya darslari o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.



