遇见数据集

ISLOMIY BANKCHILIK TAMOYILLARI, XALQARO TAJRIBALAR VA O'ZBEKISTONDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

收藏
Zenodo2026-05-08 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada islomiy bankchilik tizimining asosiy tamoyillari, uning an’anaviy bankchilikdan farqli jihatlari, qo‘llaniladigan moliyaviy instrumentlar va xalqaro tajribalar tahlil qilinadi. Islomiy moliya foiz (ribo), noaniqlik (g‘arar) va qimor (maysir) elementlaridan xoli bo‘lib, real aktivlarga asoslangan va foyda-zararni taqsimlash tamoyiliga tayanadi. Maqolada Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston va Buyuk Britaniya tajribalari o‘rganilib, Islom darchalari tizimining samaradorlik omillari aniqlangan. Shuningdek, O‘zbekistonda islomiy moliyani rivojlantirishning huquqiy, institutsional va kadrlar tayyorlashga oid istiqbollari yoritilgan. Ayniqsa, 2026-yil 27-martda qabul qilingan O‘RQ–1126-sonli “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun tahlil qilinib, unda Markaziy bankning Islomiy moliya kengashi, banklarning Islomiy moliya kengashi, ikki turdagi litsenziya tizimi va islomiy moliya operatsiyalarining huquqiy asoslari yoritilgan. Xulosa qilib aytganda, islomiy bankchilik nafaqat musulmon aholining ehtiyojlarini qondirish, balki moliyaviy inklyuzivlikni oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda muhim omil sifatida xizmat qilishi mumkin.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-08
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务