O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IKKI FUQAROLIK TA'QIQINI TA'MINLASH MUAMMOLARI: HUQUQIY, INSTITUTSIONAL VA QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL
收藏资源简介:
Maqolada O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan ikki (ko’p) fuqarolikka yo’l qo’ymaslik prinsipining huquqiy tabiati, uning tarixiy shakllanish bosqichlari, amaldagi qonunchilikdagi ifodasi hamda ushbu taqiqni amalda ta’minlashning institutsional va texnologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Muallif Shveytsariya, Avstriya, Ispaniya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston va Tojikiston tajribasini qiyosiy tahlil qilish orqali fuqarolik institutining ikki qutbli — liberal (R. Baubok, P. Spiro) va davlat suvereniteti nuqtai nazaridan (R. Brubeyker, O. Shevel) — nazariy talqinlarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi. Markaziy Osiyoda fuqaroliksizlik muammosi bo’yicha real keyslar (Adolat va Nataliya voqealari, Kim Rossiyaga qarshi ishi) misolida taqiqning ijtimoiy narxi ko’rsatib beriladi. Muallif tomonidan differensiallashtirilgan, xavfga asoslangan (risk-based) tartibga solish modeli taklif etiladi va uni joriy etishning amaliy yo’l xaritasi ishlab chiqiladi.



