遇见数据集

TEXNIKUMLARDA NEMIS TILINI MUTAXASSISLIK FANLARI BILAN INTEGRATSIYALASH

收藏
Zenodo2026-05-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada texnikumlarda nemis tilini mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalashgan holda o‘qitishning dolzarbligi, mazmuni va metodik asoslari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qarorlaridan kelib chiqqan holda, kasbiy ta’lim muassasalarida nemis tilini mutaxassislik fanlari bilan uyg‘unlashtirib o‘qitishning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada nemis tilini texnik fanlar bilan integratsiyalash orqali o‘quvchilarda kasbiy yo‘naltirilgan til ko‘nikmalarini shakllantirish, sohaga oid terminologiyani puxta o‘zlashtirish hamda amaliy mashg‘ulotlarda xorijiy til imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, integratsiyalashgan ta’limning o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni ochib berilgan. Maqola materiallari texnikumlarda nemis tilini o‘qitish jarayonini takomillashtirish, darslarni rejalashtirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务