"GURUHIY DISKUSSIYA VA BAHS-MUNOZARANING TRENINGDAGI O'RNI"
收藏资源简介:
Ushbu maqolada guruhiy diskussiya va bahs-munozara metodlarining psixologik trening jarayonidagi ahamiyati va samaradorligi nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Guruhiy diskussiya va bahs-munozara ishtirokchilarning tanqidiy fikrlash, qaror qabul qilish, kommunikativ va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Maqolada guruhiy muloqot metodlarining nazariy asoslari, trening jarayonida qo‘llash usullari, turli yosh va kasbiy guruhlar bilan ishlashda metodik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Empirik tadqiqot natijalari guruhiy diskussiya va bahs-munozara mashqlarining trening samaradorligini oshirish, ishtirokchilarning muloqot faolligi va guruh ichidagi ijtimoiy ishonchini kuchaytirishdagi rolini tasdiqlaydi. Maqola natijalari guruhiy treninglar va pedagogik-psixologik amaliyotda guruhiy diskussiya va bahs-munozara metodlaridan tizimli foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.



