XORIJIY TIL VA MOLIYA INTEGRATSIYASIDA TERMINOLOGIK TIZIMNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada xorijiy til va moliya sohalarining o‘zaro integratsiyasi jarayonida terminologik tizimning shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Xususan, global iqtisodiy jarayonlar ta’sirida moliyaviy terminologiyaning boyishi, yangi tushunchalarning kirib kelishi hamda ularning lingvistik xususiyatlari yoritiladi. Xorijiy moliyaviy terminlarning o‘zbek tiliga moslashuvi, ularning semantik va funksional jihatlari hamda tarjima muammolari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida terminlarning standartlashuvi, internatsionalizatsiya jarayoni va professional diskursdagi roli ilmiy asosda tahlil etiladi. Maqola natijalari moliyaviy terminologiyani tizimlashtirish, tarjima jarayonlarini takomillashtirish va xorijiy tilni o‘qitishda samarali metodlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.



