遇见数据集

XIVA XONLIGIDA HARBIY MANSABLAR VA QO'SHINNI BOSHQARISH TIZIMI

收藏
Zenodo2026-08-02 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqola Xiva xonligidagi harbiy mansablar va qoʻshinni boshqarish tizimini tarixiy-taqqoslash va tizimli-tahlil usullari asosida kompleks oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda mahalliy yilnomalar (Munis, Ogahiy, Bayoniy), rus harbiy hujjatlari (Byorns, Muravyov, Perovskiy ekspeditsiyasi materiallari) va zamonaviy tarixshunoslik asarlari tahlil qilingan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, XIX asrga kelib Xiva xonligida muntazam qoʻshin — 2 ming kishilik navkarlar tashkil etilib, ular yer va pul maoshi bilan ta'minlangan hamda soliqlardan ozod qilingan. Harbiy mansablar ierarxiyasi (yasovulboshi, mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, oʻnboshi, toʻpchiboshi, qorovulbegi) aniq belgilangan boʻlib, qoʻshin otliq, piyoda va artilleriya qismlariga ajratilgan. Xiva harbiy tizimining samaradorligi 1717-yilgi Bekovich-Cherkasskiy va 1839—1840-yillardagi Perovskiy ekspeditsiyalarining magʻlubiyatida namoyon boʻlgan. Muhokama qismida tizimning kuchli jihatlari (muntazam qoʻshin tashkil etilishi, mansablar mustahkamligi) va zaif tomonlari (texnik jihatdan orqada qolish, qabilaviy tayanchning markazlashuvni cheklashi) tahlil qilingan. 1873-yildagi Kaufman yurishi Xiva qoʻshinining texnik va tashkiliy cheklovlarini ochib koʻrsatgan. Xiva harbiy tizimi Oʻrta Osiyo harbiy san'ati va davlatchilik tarixida muhim bosqich boʻlib, uning boshqaruv tajribasi keyingi davrlar uchun ham ahamiyatlidir.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务