OPERATSIYADAN KEYINGI ANOREKTAL YETISHMOVCHILIK RIVOJLANISHINING ASOSIY SABABLARI
收藏资源简介:
Kirish. Bolalarda anorektal nuqsonlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda asosiy maqsad faqat anatomik nuqsonni bartaraf etish bilan cheklanib qolmasligi lozim, chunki davolashning yakuniy samarasi ichak faoliyatining funksional tiklanishi bilan baholanadi [1,5,9]. Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, birlamchi jarrohlik aralashuvi texnik jihatdan to‘g‘ri bajarilgan holatlarda ham operatsiyadan keyingi anorektal yetishmovchilik rivojlanishi mumkin [4,6]. Ushbu asorat bolalar jarrohligi amaliyotida muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda [8]. Operatsiyadan keyingi anorektal yetishmovchilik ichakni tutib turish mexanizmining izdan chiqishi bilan tavsiflanadi va bu holat turli klinik ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi [1,9]. Najasni tutib tura olmaslik, surunkali qabziyat yoki ich ketish holatlari kuzatiladi [4,10]. Ushbu buzilishlar bolaning jismoniy hamda psixoemotsional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [3,5].



