遇见数据集

O'ZBEKISTONDA BANK TIZIMINI BOSHQARISHNING REGULYATIV ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH (XALQARO BANK TIZIMLARI MISOLIDA)

收藏
Zenodo2026-06-05 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada O‘zbekistonda bank tizimini boshqarishning regulyativ asoslarini takomillashtirish masalalari xalqaro bank tizimlari tajribasi asosida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank faoliyatini tartibga solishda prudensial nazorat, kapital yetarliligi, likvidlilik talablari, risklarni boshqarish, korporativ boshqaruv hamda makroprudensial siyosatning o‘rni yoritilgan. Xususan, Bazel qo‘mitasi standartlari, rivojlangan davlatlarning bank nazorati amaliyoti va xalqaro moliya institutlari tavsiyalari O‘zbekiston bank tizimidagi amaldagi regulyativ mexanizmlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada milliy bank tizimining barqarorligini oshirish, riskga asoslangan nazoratni kuchaytirish, tijorat banklarining shaffofligi va hisobdorligini ta’minlash, shuningdek, xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston bank tizimini xalqaro moliyaviy barqarorlik talablariga moslashtirish va bank nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务