GISTOLOGIK PREPARATLARNI RAQAMLI TAHLIL QILISH ORQALI TALABALARNING DIAGNOSTIK KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada gistologik preparatlarni raqamli tahlil qilish texnologiyalaridan foydalanish orqali tibbiyot talabalari diagnostik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik va metodik asoslari tadqiq etiladi. Raqamli gistologik tasvirlar, virtual mikroskopiya, yuqori aniqlikdagi whole-slide imaging texnologiyasi hamda tasvirga asoslangan interaktiv topshiriqlarning ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda diagnostik kompetensiyaning morfologik belgilarni aniqlash, ularni taqqoslash, patologik o‘zgarishlarni farqlash, klinik-morfologik xulosa chiqarish va diagnostik qaror qabul qilish kabi tarkibiy qismlari asoslab beriladi. Raqamli tahlilga asoslangan ta’lim modeli talabalarning mustaqil ishlashi, takroriy kuzatuv, tezkor teskari aloqa va individual ta’lim trayektoriyasini tashkil etish imkonini berishi ko‘rsatiladi.



