遇见数据集

INSON SHA'NI VA QADR-QIMMATI DAXLSIZLIGINI HIMOYA QILISH: RAQAMLI DAVRDAGI YANGI TAHDIDLAR

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan sharoitda inson sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligini ta’minlashning zamonaviy huquqiy va ijtimoiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va raqamli platformalarning keng tarqalishi natijasida inson huquqlariga nisbatan yangi tahdidlar paydo bo‘lmoqda. Xususan, kiberbulling, onlayn tuhmat va haqorat, shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy tarqatilishi, doxxing, raqamli ta’qib, identifikatsiya ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanish hamda sun’iy intellekt yordamida yaratiladigan deepfake kontentlar insonning sha’ni, obro‘si va shaxsiy hayotiga zarar yetkazishi mumkin. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy normalari, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishga oid qonunchilik hamda xalqaro huquqiy yondashuvlar o‘rganildi. Raqamli muhitda inson qadr-qimmatini himoya qilish faqat huquqiy javobgarlik bilan cheklanmasdan, texnik, tashkiliy, ta’limiy va institutsional choralarni ham qamrab olishi zarurligi asoslab beriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务